
Mehnat shartnomasi
Shartnoma matni bilan tanishing, xodim ma'lumotlarini kiriting, shartlarga roziligingizni belgilang va imzo qo'ying.
Xodim ID orqali yuklash
Xodimning ID raqamini kiriting — ma'lumotlar tizimdan avtomatik yuklanadi.
1. Umumiy qoidalar
"WESTER Group RJ" qoshidagi "WESTER School" o'quv markazi" (keyingi o'rinlarda Markaz deb yuritiladi) nomidan Ustavga asosan faoliyat yurituvchi direktor J.J.Rejavaliyev bundan keyin «Ish beruvchi» deb nomlanadi va fuqaro F.I.O kiritilmagan, bundan keyin "Xodim" deb nomlanadi, ushbu mehnat shartnomasini tuzdilar.
1.1. Xodim Markazga "lavozim kiritilmagan" lavozimiga stavka kiritilmagan stavkaga ishga qabul qilinadi.
1.2. Xodimga egallab turgan lavozimiga ko'ra, o'quv yilida o'rnatilgan tartibda ish yuklamasi belgilanadi.
1.3. Xodim o'quv yilida yuqori malaka darajasida quyidagilarning bajarilishini ta'minlaydi:
- o'quv ishlari;
- o'quv-uslubiy ishlar;
- tashkiliy-uslubiy ishlar;
- ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar.
1.4. Shartnoma turi: tanlanmagan ish o'rni hisoblanadi.
1.5. Ushbu mehnat shartnomasi 2026 - 2027 o'quv yili uchun tuziladi va muddat kiritilmagan amal qiladi. Shartnoma muddati tugagach uzaytirish imkoniyati mavjud bo'ladi.
1.6. Ushbu shartnoma sana kiritilmagan kunidan boshlab kuchga kiradi.
1.7. Shartnoma bo'yicha ish boshlanish sanasi: sana kiritilmagan.
1.8. Sinov muddati: kiritilmagan.
2. Xodimning huquq va majburiyatlari
2.1. Xodim quyidagi huquqlarga ega:
- ushbu mehnat shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida egallab turgan lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga, shuningdek amaldagi normativ hujjatlar, Markaz ustavi va ish beruvchining buyruqlari talablariga muvofiq barcha ishlarni bajarish;
- malaka talablarida belgilangan va ushbu shartnoma shartlariga muvofiq mehnatning murakkabligi, hajmi va sifatini hisobga olgan holda o'z vaqtida to'liq ish haqi olish;
- ta'lim to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda tegishli o'qitish metodikasi, ta'lim dasturlari, o'quv qo'llanma va materiallarni tanlash orqali o'qitish va tarbiyaviy ishlarni yuritish;
- Markaz ustaviga muvofiq ta'limni tashkillashtirish bo'yicha boshqaruvda, jumladan kollegial boshqaruv organlarida bevosita ishtirok etish;
- ta'lim faoliyatini tashkillashtirishga oid masalalar muhokamasida ishtirok etish;
- o'ziga tegishli haq-huquqlarini shaxsan o'zi yoki vakillari orqali himoya qilish;
- kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun sharoit yaratilishi bo'yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
- shaxsiga oid ma'lumotlarni himoya qilish;
- Markaz ustavi, jamoa shartnomasi, ushbu mehnat shartnomasi hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan foydalanish.
2.2. Xodim quyidagi majburiyatlarga ega:
- Markaz ustavi, mehnat shartnomasi, lavozim yo'riqnomasi, ichki mehnat tartib qoidalari va ushbu shartnoma shartlariga amal qilish va bajarish;
- ichki mehnat tartib qoidalariga, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilish;
- mehnat intizomiga rioya qilish;
- ish beruvchining va uchinchi shaxslarga tegishli mol-mulkni asrab-avaylab ishlatish va saqlash;
- mol-mulkka yoki insonlar hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilishi xavfi tug'ilganda zudlik bilan xabar berish;
- tasdiqlangan ishchi dasturga muvofiq o'quv predmetlari, kurs va mashg'ulotlarni to'liq bajarib borish;
- kasb etikasi, huquqiy va axloq-odob qoidalariga rioya qilish;
- o'quv jarayoni ishtirokchilarining sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;
- ilmiy-uslubiy ishlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish, zamonaviy texnik va axborot vositalarini qo'llay olish, o'quvchilar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish;
- o'quv-tarbiyaviy ishlarni faol bajarish;
- muntazam ravishda kasbiy mahorat darajasini oshirib borish;
- o'z xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan Markazning obro'siga putur yetkazmaslik;
- ishga kirishda dastlabki va davriy tibbiy ko'riklardan, zarurat bo'lsa navbatdan tashqari tibbiy ko'riklardan o'tish;
- mehnat muhofazasiga oid bilim va ko'nikmalarni tekshirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlarida qatnashish.
3. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
3.1. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
- Markazda o'rnatilgan tartibga muvofiq xodimlar faoliyati samaradorligini baholashni tashkil etish;
- xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajargani uchun rag'batlantirish, ustama haq va qo'shimcha to'lovlar belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilish;
- xodimdan ichki mehnat tartib qoidalari, lavozim yo'riqnomasi, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga rioya qilinishini talab qilish;
- korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqidagi nizomga va ushbu shartnomaga qat'iy rioya qilinishini, mol-mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo'linishini talab qilish;
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish;
- xodim tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan foydalanish;
- lavozim yo'riqnomasi doirasida qo'shimcha yuklatilgan vazifalarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilish;
- vazifalar bajarilmagan yoki sifatsiz bajarilgan taqdirda ustama haq va qo'shimcha to'lovlarni kamaytirish, bekor qilish yoki shartnomani bekor qilish;
- qonun hujjatlari va Markazning lokal normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
3.2. Ish beruvchining majburiyatlari:
- xodimni ushbu shartnomada ko'rsatilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnat sharoitlari bilan ta'minlash;
- mehnat qonunchiligi, jamoa shartnomasi va Markazning lokal normativ hujjatlari hamda ushbu shartnoma shartlariga qat'iy rioya qilish;
- oylik ish haqini belgilangan miqdor va muddatlarda o'z vaqtida va to'liq to'lab berish;
- o'quv jarayoni, dasturlari, yuklama hajmi va jadvalidagi o'zgarishlar to'g'risida xodimni o'z vaqtida ogohlantirish;
- mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish hamda shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi va himoyasini ta'minlash;
- qonunchilik, Markazning lokal normativ hujjatlari va ushbu shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
4. Mehnatga haq to'lash va ijtimoiy kafolatlar
4.1. Ta'lim muassasasi xodimlariga o'rnatilgan mehnatga haq to'lash tizimi qonunchilik, jamoa shartnomasi, kelishuvlar va lokal normativ hujjatlarga muvofiq qo'llaniladi.
4.2. Ushbu shartnomada belgilangan mehnat vazifalarini bajargani uchun xodimga shtat jadvaliga asosan oylik ish haqi belgilanadi.
4.3. Lokal normativ hujjatlar hamda jamoa shartnomasiga muvofiq xodimga mukofot va boshqa to'lovlar belgilanishi mumkin.
4.4. Xodimga ishlagan davriga hisoblangan ish haqi bir oyda ikki marotaba, 15 kalendar kunidan kechiktirilmasdan to'lanadi.
4.5. Malaka komissiyasi qarori bilan yuqori malaka darajasi berilganda, haqiqiy bajarilgan o'quv yuklamasi qayta hisoblanadi.
4.6. Xodim malaka oshirishga yoki qo'shimcha kasbga yo'naltirilganda uning ish joyi (lavozimi, asosiy ish joyidagi ish haqi) saqlanadi.
4.7. Xodimga qonunchilik, kelishuvlar, jamoa shartnomasi va lokal normativ hujjatlarda belgilangan kafolatlar va kompensatsiya to'lovlari amalga oshiriladi.
4.8. Muhim: har ikki tomon shartnoma muddati tugagunga qadar shartnoma bandlarini qo'pol ravishda buzganligi aniqlansa, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari — ya'ni 41,2 million so'm miqdorida neustoyka (kelishilgan zarar summasi)ni to'lash majburiyatini oladi.
5. Ish kuni rejimi va dam olish
5.1. Xodimga nisbatan soat kiritilmagan soatlik haftalik ish kuni belgilanadi.
5.2. Dars mashg'ulotlari bilan bog'liq xodimning ish kuni darslar jadvali bilan tartibga solinadi.
5.3. Xodimga mehnat qonunchiligi va jamoa shartnomasida belgilangan tartibda, jadvalga muvofiq mehnat ta'tili beriladi.
6. Alohida shartlar
6.1. Xodim qonun bilan qo'riqlanadigan (davlat, tijorat, xizmat va boshqa mehnat faoliyati bilan bog'liq holda ma'lum bo'lgan) sirlarni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
6.2. Qonun bilan qo'riqlanadigan sirlar ro'yxati (lavozim yo'riqnomasi orqali tanishtiriladi) haqidagi ma'lumot bilan xodim yozma tilxat orqali tanishtirilishi lozim.
7. Yakuniy qoidalar
7.1. Tomonlar o'rtasida vujudga kelgan mehnat nizolari mazkur shartnoma talablariga rioya qilgan holda o'zaro kelishuv asosida hal etiladi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mehnat nizolari komissiyasi va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Fuqarolik ishlari bo'yicha Andijon shahar iqtisodiy sudi orqali hal etiladi.
7.2. Mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega bo'lgan ikki nusxada tuzildi. Uning bir nusxasi filialning xodimlar bo'limida saqlanadi, ikkinchisi esa xodimga topshiriladi.
Tomonlarning manzili va rekvizitlari
|
«WESTER Group RJ» MCHJ
Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Nayman, Jahon bozor hududi. STIR/INN: 308526858 Bank: AT «ALOQABANK» Toshkent shahar Bosh ofisi X.r/R.s: 20208000805401536001 MFO: 00401 Rahbar: Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o'g'li |
Xodim
F.I.O: kiritilmagan Manzil: kiritilmagan Pasport: kiritilmagan JSHSHIR/PINFL: kiritilmagan |
Xodim ma'lumotlari
Quyidagi maydonlarni to'ldiring — ular yuqoridagi shartnoma matniga avtomatik joylashadi.
Muhim shartlar
Har bir bandni alohida o'qib chiqing va roziligingizni belgilang.
Elektron imzo
Quyidagi maydonga barmoq yoki sichqoncha bilan imzo qo'ying.